» » “AvtoVAZ” 12 yillik tanaffusdan so‘ng Kubaga avtomobillarini yubordi

“AvtoVAZ” 12 yillik tanaffusdan so‘ng Kubaga avtomobillarini yubordi


Rossiyaning “AvtoVAZ” kompaniyasi Kubaga LADA Vesta va LADA Largus Cross avtomobillarini jo‘natdi. Bu haqda korxona matbuot xizmati ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

Kompaniya mazkur mamlakatga oxirgi marotaba bundan 12 yil avval mashinalar yetkazib bergandi.

“Kubaga 344 ta avtomobil yuborildi. Ulardan 320 tasi LADA Vesta va 24 tasi LADA Largus Cross”, — xabar beradi matbuot xizmati.

Avtomobillar mahalliy taksi xizmatlari, ijara va sayyohlik kompaniyalari tomonidan foydalanilishi bildirilmoqda.

Mashinalar Kubaga 2018-yil yanvarida yetib kelishi kutilmoqda.

Опубликовано: admin (17-12-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют