» » Meksikada bolalar futbol jamoasi avtobusi poyezd bilan to‘qnashib ketdi, qurbonlar bor

Meksikada bolalar futbol jamoasi avtobusi poyezd bilan to‘qnashib ketdi, qurbonlar bor


16-dekabr, shanba kuni Meksikaning Xalisko shtatida avtobus yuk poyezdi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘ldi va 15 kishi jarohatlandi, deb yozadi “TASS”. Avtobus bortida futbol bo‘yicha bolalar jamoalari a’zolari bo‘lib, ular kattalar hamrohligida musobaqaga ketayotgan edi.

“Avtobusda taxminan 60 kishi bo‘lgan, ulardan 40 nafari uchta o‘smirlar futbol jamoasi a’zolari bo‘lgan”, — dedi hudud qutqaruv xizmati rahbarlaridan biri. Uning so‘zlariga ko‘ra, bir necha kishi jiddiy bosh jarohatlarini olgan, ularning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. Halok bo‘lganlar kattalardir, voyaga yetmaganlar orasidagi qurbonlar haqida xabar berilmadi.

Jabrlanganlarning barchasiga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Опубликовано: admin (17-12-2017, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют