» » “Bunyodkor” ustozi Mirjalol Qosimov Osetiya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda gol urdi

“Bunyodkor” ustozi Mirjalol Qosimov Osetiya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda gol urdi


Rossiyaning Vladikavkaz shahrida Osetiyaga futbolni qaytarish loyihasi doirasida “Afsonalar uchrashuvi” tashkil qilindi, deb yozdi “Championat.asia” nashri. Mazkur shou-uchrashuvga “Bunyodkor” bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ham taklif qilingandi.

12 mingdan ziyod futbol ishqibozlari kuzatib borgan o‘yinda “Spartak-Alaniya” faxriylari Zamonaviy Osetiya termasiga qarshi o‘yinda maydonga tushdi. Bellashuv 5:5 hisobida o‘z yakuniga yetdi. Unda shonli “Spartak-Alaniya” safida harakat qilgan Mirjalol Qosimov, o‘zining mashhur chap oyog‘ida bergan zarbasi bilan hisobni ochishga muvaffaq bo‘lgan.

Vladikavkaz xalqi futbol bo‘lishiga munosib. Oldingi vaqtlar qaytishi uchun qo‘ldan kelganicha ishlar qilinmoqda. Osetiya xalqi futbol bilan yashaydi, bu yerda ko‘plab iqtidorli futbolchilar bor. Shaharga futbolni qaytarish uchun o‘z hissamizni qo‘shish uchun atayin kelgandik.

Mirjalol Qosimov, “Bunyodkor” bosh murabbiyi

Mirjalol Qosimov 1992-yilda hamda 1994—1996-yilgi mavsumlarda “Spartak-Alaniya” safida to‘p surgan. Valeriy Gazzev rahbarlik qilgan bu jamoa 1995-yil Rossiya chempionligini qo‘lga kiritgandi.

Опубликовано: admin (17-12-2017, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют