» » Saudiya hibsga olingan falastinlik milliarderni qo‘yib yubordi

Saudiya hibsga olingan falastinlik milliarderni qo‘yib yubordi


Iordaniyaning eng nufuzli biznesmenlaridan biri, asli falastinlik milliarder Sabih al-Masriy Saudiya Arabistonida hibsda ushlab turilgan edi. Yaqinda u qo‘yib yuborilgani ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi “RBK”.

Aytilishicha, u Saudiya poytaxti ar-Riyoddagi uyiga qaytib kelgan. Milliarderning qarindoshlari va yaqinlariga ko‘ra, u yaqin vaqt ichida mamlakatni tark etadi.

Al-Masriy Saudiya Arabistonida boshlangan korrupsiyaga qarshi kampaniya doirasida ushlangan edi. U 12-dekabr kuni korrupsiyada gumonlanib hibsga olindi. Ammo milliarderga nisbatan ayblovlar ilgari surilmadi, u tez orada qo‘yib yuborildi.

Al-Masriy Arab Bank banki raisi hisoblanadi. Bank shtab-kvartirasi Iordaniya poytaxti Ommanda joylashgan. Shuningdek, u Zara Investment Holding asoschisidir.

Опубликовано: admin (17-12-2017, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют