» » Germaniyada narkosavdogarlardan musodara qilingan bitkoinlar sotuvga qo‘yiladi

Germaniyada narkosavdogarlardan musodara qilingan bitkoinlar sotuvga qo‘yiladi


Germaniyaning Gessen yeri rasmiylari politsiya tomonidan oldinroq musodara qilingan bitkoinlar millionlab yevro tushum keltirishiga umid qilmoqda. Savdolar yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi “Korrespondent.net” .

2014-yilda Gessen politsiyasi Yevropol va FQB bilan hamkorlikda narkotiklar sotish bilan shug‘ullangan Hydra va Silk Road 2.0 internet-do‘konlariga qarshi operatsiyani amalga oshirdi. Ularning xizmatidan 150 ming atrofidagi kishi foydalangan va narkotiklar uchun, jumladan, bitkoinlar bilan hisob-kitob qilgan.

Operatsiya davomida narkosavdogarlardan kompyuterlar ham musodara qilingan va shu tariqa, Gessen rasmiylari 126 bitkoinga ega bo‘lgandi.

Uch yil avval kritovalyuta narxi nisbatan past bo‘lgan va bitkoinlarni taxminan 50 ming dollarga sotish mumkin edi. Bugungi kunga kelib rasmiylar ularning savdosidan 2 million yevrodan oshiq tushumga ega bo‘lishni mo‘ljallamoqda.

Опубликовано: admin (17-12-2017, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют