» » Tramp “Simpsonlar” multserialining yangi qismida maxsus prokuror Myullerga pora taklif qildi

Tramp “Simpsonlar” multserialining yangi qismida maxsus prokuror Myullerga pora taklif qildi


AQShdagi “Simpsonlar” multseriali prezident Donald Tramp Rossiya bo‘yicha tekshiruv olib borayotgan maxsus prokuror Robert Myullerga pora taklif qilayotgan qisqa metrajli lavhani namoyish etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Multserialning Twitter’dagi sahifasida joylashtirilgan parchada bosh prokuror Jeff Seshns Myullerni Vashingtondagi Trump International mehmonxonasiga olib keladi. Ular eshigiga “Ruslar bu yerda kutilgan mehmon” yozuvi tushirilgan xonaga kiradi. Bu yerda Seshns va Myullerni Tramp qarshi oladi.

Shundan so‘ng Tramp Myullerga 750 million dollar pora taklif qiladi. Myuller porani rad qiladi va xonani tark etadi.

Eslatib o‘tamiz, 2000-yili “Simpsonlar”da Tramp Oq Uyni egallashi bashorat qilingandi.

Ma’lumot uchun, Trampning shaxsiy advokatlari kelgusi haftada Myuller bilan uchrashadi.

Опубликовано: admin (18-12-2017, 07:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют