» » Gattuzo va “Milan” navbatdagi zarbani qabul qilib oldi. “Atalanta” — “Latsio” o‘yinida 6 ta gol urildi

Gattuzo va “Milan” navbatdagi zarbani qabul qilib oldi. “Atalanta” — “Latsio” o‘yinida 6 ta gol urildi


Italiya A seriyasida 17-tur bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi. Mazkur tur Milan klublari uchun o‘ta omadsiz keldi.

Avvaliga peshqadam “Inter” kutilmaganda o‘rtamiyona “Udineze”dan yengilib, mag‘lubiyatsiz davom etib kelayotgan seriyasini tugatib qo‘ygandi. Kecha — 17-dekabr kuni Jennaro Gattuzo murabbiylik qilayotgan “Milan” yirik mag‘lubiyat qabul qilib oldi.

Gattuzoning kelishi omadli bo‘ldi deyish qiyin. Uning ilk o‘yinida “Milan” barcha uchrashuvlarda mag‘lub bo‘lib kelayotgan jamoaga ochko ulashgandi, endi esa faqatgina o‘sha jamoadangina oldinda turgan “Verona” milanliklar darvozasiga indamay 3 ta gol urib ketdi.

Kunning markaziy o‘yinida Yevropa Ligasida javlon urayotgan “Atalanta” va “Latsio” klublari o‘zaro to‘qnash keldi. Har ikki jamoa xalqaro maydonda o‘z guruhini peshqadam sifatida yakunlagandi. Tomonlarning o‘zaro o‘yinida g‘olibni aniqlab bo‘lmadi. Muxlislar mazza qilgan o‘yinda darvozalarga jami 6 ta to‘p kiritildi.

Italiya A seriyasi

17-tur o‘yinlari

17-dekabr, yakshanba

Gollar: Antonio Karachcholo, 24 (1:0). Moyze Kin, 55 (2:0). Daniel Bessa, 77 (3:0).

Chetlatish: Suso, 91+ (M).

Gol: Alessandro Matri, 90 (0:1).

Noaniq penalti: Matteo Politano, 82 (mehmon).

Gollar: Miralem Pyanich, 27 (0:1). Mario Manjukich, 36 (0:2). Blez Matyuidi, 64 (0:3).

Gollar: Mattia Kaldara, 19 (1:0). Yosip Ilichich, 22 (2:0). Sergey Milinkovich-Savich, 27 (2:1). Sergey Milinkovich-Savich, 35 (2:2). Yosip Ilichich, 50-pen (3:2). Luis Alberto, 79 (3:3).

Опубликовано: admin (18-12-2017, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют