» » AQSh tarixidagi eng xavfli yadroviy qurol: “Iflos” SLAM raketasi (video)

AQSh tarixidagi eng xavfli yadroviy qurol: “Iflos” SLAM raketasi (video)


50-yillar oxirida, Sovuq urushning ayni qizg‘in pallasida AQSh tarixdagi eng xavfli yadroviy qurol — SLAM raketalari ustida ish olib bordi. Yetti yil davomida AQSh hukumati Supersonic Low Altitude Missile (SLAM) nomini olgan loyiha ustida tinmay mehnat qilgan, deb xabar beradi Popmech.

AQSh harbiy-havo kuchlari agarda Sobiq ittifoq bilan urush boshlangudek bo‘lsa, qit’alararo ballistik raketalar va strategik bombaradimonchilarga qo‘shimcha ravishda uchinchi bir qurolga egalik qilishi niyatida SLAM’ni yaratdi. Yadroviy dvigatelga ega qanotli raketa dushman tarafga vodorod bombalarini yog‘dirguniga qadar bir necha haftalab uchishga qodir edi.

Ishchi nomi The Big Stick bo‘lgan loyiha Canvair aerokosmik gigantiga topshirilgan edi. SLAM esa yadroviy dvigatelga ega qanotli raketa sifatida qaralib, u past balandlikda dushman havo maydoniga kirishi va nishonlarga yadroviy bombalarni tashlashi lozim edi, shundan so‘ng u “o‘zini o‘zi yo‘q qilib” dushman hududini radioaktiv moddalar bilan zararlantirishi kerak bo‘lgan. Pentagon ushbu qurol 1965-yilga qadar tayyor bo‘lishi rejalashtirgan.

Biroq SLAM 1964-yilda butun yer yuziga katta xavf tug‘dirishi mumkinligi sabab bekor qilingan.

Опубликовано: admin (18-12-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют