» » Toshkentda mahalliychilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar javobgarlikka tortildi

Toshkentda mahalliychilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar javobgarlikka tortildi


Joriy yilning 3-dekabr kuni Toshkent shahridagi “Poytaxt” savdo majmuasi yonida Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan Lexus rusumli avtomashina egasi va uning yonida o‘tirgan ayol Qashqadaryo va Xorazm viloyatlaridan Toshkent shahriga ishlash uchun kelgan ikki nafar fuqaroni “Bu yer toshkentliklarning joyi, biz bu yerga soliq to‘laymiz, sizlar kelgindilar” deb haqorat qilgan. Bu haqda “1news.uz” xabar bermoqda.

Ushbu holat bo‘yicha tegishli ichki ishlar organlariga murojaat qilingan.

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, haqorat qilgan fuqarolar Toshkent shahrida yashovchi fuqarolar N.Askarov va J.Tolipovalar (familiyalar o‘zgartirilgan) bo‘lishgan.

Mazkur noxush holatlar bo‘yicha joriy yilning 14-dekabr kuni Toshkent shahar Mirobod tuman ma’muriy sudi tomonidan ochiq sud majlisi o‘tkazilib, huquqbuzarlar O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddasi bilan javobgarlikka tortildi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar” deb qat’iy belgilab qo‘yilgan.

Опубликовано: admin (18-12-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют