» » Putin Trampga AQSh Peterburgdagi terakt oldini olishda yordam bergani uchun minnatdorlik bildirdi

Putin Trampga AQSh Peterburgdagi terakt oldini olishda yordam bergani uchun minnatdorlik bildirdi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqotda bo‘ldi va unga Sankt-Peterburgdagi terakt oldini olishda yordam bergan Markaziy razvedka boshqarmasi axboroti uchun minnatdorlik bildirdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

“Rossiya prezidenti amerikalik hamkasbiga AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining Sankt-Peterburgdagi Qozon soborida, shuningdek, shaharning boshqa gavjum joylarida portlashlarni tayyorlagan terrorchilar guruhi iziga tushish, ularni qidirib topish va qo‘lga olishda yordam bergan axboroti uchun minnatdorlik bildirdi”, — deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Putin Trampdan MRB qo‘mondonligiga hamda tezkor ma’lumotni qo‘lga kiritgan xodimlarga rahmat aytib qo‘yishni so‘radi.

Опубликовано: admin (18-12-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют