» » Dunyodagi eng tirband aerportda barcha reyslar bekor qilindi

Dunyodagi eng tirband aerportda barcha reyslar bekor qilindi


Amerikaning Atlanta shahridagi aeroportda barcha reyslar bekor qilindi, deb yozadi “Gazeta.ru” yong‘in xizmatiga tayanib.

“Atlanta aeroportida barcha reyslar bekor qilindi. Aeroport xodimlari barcha yo‘lovchilarni samolyotlar va terminallardan chiqarishga harakat qilmoqda”, — deyiladi yong‘in xizmati Twitter’ida.

17-dekabr kuni kunduzi Xartsfild-Jekson aeroporti elektr tokidan uzilib qoldi. Shu munosabat bilan u reyslarni qabul qilmay qo‘ydi.

Yo‘lovchilar ijitmoiy tarmoqlarda terminallardagi xonalardan chiqolmay qolgani haqida shikoyat qila boshladi.

Xartsfild-Jekson aeroporti dunyodagi eng tirband aeroport hisoblanadi. Har kuni bu yerdan 2,5 mingta samolyot va 275 ming nafar yo‘lovchi o‘tadi.

Опубликовано: admin (18-12-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют