» » “Borussiya Dortmund”: sobiq murabbiy bilan ketma-ket 8 ta muvaffaqiyatsizlik. Yangisi bilan 2 ta o‘yin, 2 ta g‘alaba

“Borussiya Dortmund”: sobiq murabbiy bilan ketma-ket 8 ta muvaffaqiyatsizlik. Yangisi bilan 2 ta o‘yin, 2 ta g‘alaba


Germaniya Bundesligasida 1-davra bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi. Ya’ni, hamma klublar bir-biri bilan bir martadan o‘ynab chiqdi.

Yupp Xaynkesning tashrifi sabab “Bavariya” futbolchilari 1-davrani peshqadam sifatida yakunlay oldi. Ayni vaqtda Myunxen klubi ta’qibchisidan 11 ochko ilgarilab ketgan. 2-davrada qolgan klublar bu farqni yo‘qqa chiqarishga urinib ko‘radi.

Dortmundning “Borussiya” klubi ketma-ket sakkiz tur davom etgan muvaffaqiyatsizlikdan keyin bosh murabbiy Peter Boshni iste’foga chiqarib, uning o‘rniga “Kyoln” bilan mavsum boshidan buyon bir marta ham zafar quchmagan Peter Shtyogerni olib kelgandi. Tanlov ijobiy xulosalarga sabab bo‘lib, dortmundliklar yangi murabbiy boshchiligida ketma-ket ikki uchrashuvda zafar quchdi.

Qolaversa, Shtyogerning ketishi “Kyoln” uchun ham omadli bo‘ldi. Mazkur jamoa shundan keyingina mavsumdagi ilk g‘alabasini tantana qildi.

Germaniya Bundesligasi

17-tur bellashuvlari

16-dekabr, shanba

Gollar: Luka Yovich, 1 (1:0). Sebastyen Aller, 66 (2:0). Bril Embolo, 82 (2:1). Naldo, 95+ (2:2).

Gol: Tomas Myuller, 79 (0:1).

Noaniq penalti: Shadrak Akolo, 95+ (Sh).

Gollar: Mark Ut, 21 (0:1). Pyer-Emerik Obameyang, 63-pen (1:1). Kristian Pulishich, 89 (2:1).

17-dekabr, yakshanba

Gollar: Davi Zelke, 5 (0:1). Salomon Kalu, 31 (0:2). Davi Zelke, 51 (0:3). Villi Orban, 68 (1:3). Marsel Xalstenberg, 92+ (2:3).

Chetlatish: Jordan Torunariga, 7 (G).

Опубликовано: admin (18-12-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют