» » Jazoir TIV: Suriya va Iroqdagi jangarilar Afrikaga qochmoqda

Jazoir TIV: Suriya va Iroqdagi jangarilar Afrikaga qochmoqda


Chet ellik jangarilar Suriya va Iroqda urushlar davom etayotgan nuqtalardan Afrikaning Saxel tropik cho‘li, “Afrika shoxi” va Chad ko‘li havzasi yaqiniga qochmoqda, deb yozadi “TASS” Jazoir tashqi ishlar vazirligiga tayanib.

Vazirlik vakili so‘zlariga ko‘ra, Jazoir hukumati mintaqa mamlakatlari xavfsizligi va barqarorligi uchun tahdid darajasini to‘liq ko‘lamda baholamoqda.

“Mafkuraviy jihatdan yaxshi tayyorlangan, harbiy malakalarni o‘rgangan va ko‘pincha internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni juda yaxshi biladigan ushbu jinoiy elementlar o‘zlari kelgan joylarda partizanlar urushi ko‘rinishida qo‘poruvchilik faoliyatini olib bormoqda”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, TIV xabarida ta’kidlanishicha, “terrorchilik faoliyatlariga aralashgan va Afrikaga qaytmoqchi bo‘lgan yosh afrikaliklar soni minglab kishiga yetadi”. Shu tariqa, “ko‘pchilik Afrika mamlakatlarida shundoq ham cheklangan resurslarga bosim o‘smoqda”, — deb hisoblaydi muassasa.

Опубликовано: admin (18-12-2017, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 60) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют