» » 85 yoshli buvi nabirasining tug‘ilgan kuni sharafiga parashyut bilan sakradi (video)

85 yoshli buvi nabirasining tug‘ilgan kuni sharafiga parashyut bilan sakradi (video)


AQShning 85 yoshli fuqarosi Xenriyetta Sibenberg nabirasi Shmuel Eyzenman bilan uning tug‘ilgan kuni sharafiga parashyut bilan sakradi. “Life.ru” nashrining ma’lum qilishicha, unga sakrashni nabirasi taklif qilgan, deb yozadi “Vesti”.

Eyzenman buvisini o‘zi uchratgan eng pozitiv odam deb hisoblaydi. U buni buvisi Xolokostni boshdan kechirgani bilan bog‘laydi.  “Har bir kun — yana bir kun”, — deb hisoblaydi buvi. Xenriyettaning otasi Osvensimda halok bo‘lgan, uning o‘zi Fransiyadagi asrandi oilada ulg‘aygan.

Xenriyetta Sibenberg hayotdan bahra olish kerak deb hisoblaydi. U yana ikki yil yashasa, sakrashni takrorlashini ma’lum qildi. U, shuningdek, barchaga parashyut sporti bilan shug‘ullanishni tavsiya qildi.

Опубликовано: admin (18-12-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 61) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют