» » Pentagon Rossiyani tiyib turish uchun Yevropada aviabazalar qurishga 200 mln dollar sarflaydi

Pentagon Rossiyani tiyib turish uchun Yevropada aviabazalar qurishga 200 mln dollar sarflaydi


AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan imzolangan harbiy budjet loyihasi harbiy-havo kuchlari rahbariyatiga AQShdan tashqarida yer maydonlarini sotib olish va infratuzilma barpo etish imkoniyatini beradi, deb yozadi “RBK”.

2018-yilda “Rossiyani tiyib turish” dasturi doirasida Islandiya, Norvegiya, shuningdek, Sharqiy Yevropaning ko‘pchilik mamlakatlarida harbiy obyektlar qurilishiga qariyb 214 million dollar sarflash rejalashtirilmoqda.

Amerikaning Yevropadagi harbiy qo‘mondonligi rasmiy vakili Xuan Martines so‘zlariga ko‘ra, Yevropada yangi aerodromlar va mashg‘ulot lagerlari qurilishi AQSh va mintaqadagi ittifoqdoshlarining tayyorgarlik darajasini oshirish imkonini beradi. Shu bilan birga, uning ta’kidlashicha, AQSh yangi bazalarga doimiy personalni joylashtirmoqchi emas: obyektlardan transport tugunlari sifatida foydalaniladi, u yerga, zaruriyat tug‘ilganida, qo‘shimcha kuchlarni joylashtirish mumkin bo‘ladi.

Опубликовано: admin (18-12-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют