» » Sayfulislom Kaddafi Liviya prezidentligiga nomzodini qo‘yishi ma’lum qilindi

Sayfulislom Kaddafi Liviya prezidentligiga nomzodini qo‘yishi ma’lum qilindi


Liviya sobiq rahbarining o‘g‘li Sayfulislom Kaddafi mamlakat prezidentligiga saylovlarda ishtirok etish niyatida. Bu haqda Kaddafilar oilasi matbuot kotibi Bosim al-Xoshimiy ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Sayfulislom Kaddafi 2018-yil o‘rtalarida o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan Liviya prezidentligiga saylovlarda ishtirok etadi. U yaqin orada o‘z dasturini taqdim etadi”, — dedi matbuot kotibi. 

Muammar Kaddafining ikkinchi turmushidan dunyoga kelgan katta o‘g‘li otasi tomonidan hayotlik chog‘ida voris sifatida ko‘rilgandi.

Sayfulislom Kaddafi 44 yoshda. Avstriya va Buyuk Britaniyada o‘qigan, ma’lumoti bo‘yicha me’mor va muhandis.

Опубликовано: admin (18-12-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют