» » Prezident farmoni bilan afv etilgan bekobodlik ayolning xonadonida bayram tashkil etildi

Prezident farmoni bilan afv etilgan bekobodlik ayolning xonadonida bayram tashkil etildi


Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma besh yilligi munosabati bilan afv etish to‘g‘risida”gi farmoni asosida Toshkent viloyatida yashash joyi va jazoni ijro etish muassasasidan ijobiy tavsif berilgan fuqarolar oilasi bag‘riga qaytmoqda, deb xabar beradi viloyat IIB matbuot xizmati.

Bekobod shahrida yashovchi Nigoraxon Sherifova O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoiy javobgarlikka tortilib, jazoni ijroni etish muassasasida jazo muddatini o‘tayotgan edi. Prezident farmoni asosida u ham afv etilib, oilasi davrasiga qaytdi. Shu munosabat bilan Sherifovlar xonadonida o‘ziga xos bayram tashkil etildi.

Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik O.Ch.Saidov, Bekobod shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i E.O.Sultonov va Bekobod shahar hokimligi mutasaddilari ushbu xonadonga tashrif buyurdi.

Xabarda qayd etilishicha, Sherifovaning qizi shahardagi 11-maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirilgan, oila boshlig‘i Marat Sherifov Bekobod shahar markaziy shifoxonasiga texnik xodim sifatida ishga qabul qilingan.

Опубликовано: admin (18-12-2017, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют