» » Filippinda dovul tufayli 30 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Filippinda dovul tufayli 30 dan ortiq kishi halok bo‘ldi


Filippinda “Kay-Tak” tropik dovuli kamida 34 kishining halokatiga sababchi bo‘ldi, deb yozadi “Interfaks”.

Mahalliy hukumat Biliran provinsiyasida 26 kishi halok bo‘lgani va 23 kishi bedarak yo‘qolganini ma’lum qildi. Ularning bir qismi sel oqimi ostida qolgan bo‘lishi mumkin. Yana yetti kishi to‘rtta markaziy hududda halok bo‘ldi.

Dovul Filippinga 16-dekabr, shanba kuni yetib keldi. Tabiiy ofat tufayli 89 ming kishi evakuatsiya qilindi. Rojdestvoni nishonlashga kelgan ko‘pchilik sayyohlar mamlakatning xavfsiz tumanlarida qolishga yoki transport ishidagi uzilishlarga duch kelishga majbur bo‘ldi.

Prezident Rodrigo Duterte jabrlangan Biliran provinsiyasiga tashrif buyurishga va’da berdi.

Опубликовано: admin (18-12-2017, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 106) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют