» » Kim Chen In otasining vafotiga 6 yil to‘lishi munosabati bilan uning maqbarasiga bordi

Kim Chen In otasining vafotiga 6 yil to‘lishi munosabati bilan uning maqbarasiga bordi


KXDR yetakchisi Kim Chen In otasi Kim Chen Ir dafn qilingan Kimsusan yadgorlik majmuasiga tashrif buyurdi, deb yozadi “TASS”. Markaziy telegraf agentligi xabariga ko‘ra, Kim Chen In u yerda 17-dekabr kuni vafot etganiga olti yil to‘lgan, hisob bo‘yicha ikkinchi davlat rahbari xotirasiga hurmat-ehtirom bajo keltirdi.

Kim Chen In maqbaraga 17-dekabr, yakshanba kuni borib, otasining haykali poyiga gul solingan savat qo‘ydi. O‘z tashrifi chog‘ida u KXDRni “siyosatda mustaqil, iqtisodiyotda boy va mudofaada o‘z kuchiga ishongan” holatga keltirish uchun “yanada qat’iyroq kurash boshlash”ga va’da berdi.

KXDR yetakchisi Kimsusan yodgorlik majmuasiga har yili otasining o‘limi kuni tashrif buyuradi. Kim Chen Ir hokimiyatni 1994-yildan 2011-yilgacha boshqargan.

Опубликовано: admin (18-12-2017, 11:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют