» » Jangarilar maxsus xizmatlarning Kobuldagi mashg‘ulot markaziga hujum uyushtirdi

Jangarilar maxsus xizmatlarning Kobuldagi mashg‘ulot markaziga hujum uyushtirdi


Afg‘oniston poytaxti Kobulda jangarilar guruhi milliy xavfsizlik boshqarmasining mashg‘ulot markaziga hujum uyushtirdi, deb xabar beradi “RBK”.

Qurollangan shaxslar guruhi Kobul g‘arbida mahalliy maxsus xizmatlarning mashg‘ulot markazi binosi yaqinidagi qurilishi yakunlanmagan binoni qo‘lga olgan. Jangarilar bino markaziga qarata o‘q uza boshlagan.

Afg‘oniston ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa joyiga xavfsizlik kuchlarining qo‘shimcha bo‘linmalari tashlanmoqda.

Ekstremistlar hujumi mamlakatning boshqa hududlarida ham qayd etilgan.

Xususan, mamlakatning Turkmaniston bilan chegarasida joylashgan Badgis viloyatida “Tolibon” harakati jangarilari okrug boshlig‘i Ab-Kamarini o‘ldirgan. Hujum jangarilar o‘qqa tutgan politsiya uchastkasi yaqinida yuz bergan.

Опубликовано: admin (18-12-2017, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют