» » Toshkent viloyatining qator tumanlarida qurilish uchun yer maydoni ajratish to‘xtatildi

Toshkent viloyatining qator tumanlarida qurilish uchun yer maydoni ajratish to‘xtatildi


Toshkent viloyatining ayrim aholi punktlarida jismoniy va yuridik shaxslarga qurilish uchun yer maydonlarini sotishga vaqtinchalik taqiq o‘rnatildi. Bu aholi punktlari bosh rejalarining ishlab chiqilayotgani bilan bog‘liq, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 12-dekabrdagi qarori bilan binolar va boshqa obyektlar, jumladan, muhandislik-kommunikatsiya inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ularga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek, tegishli ruxsatnomalarni berish vaqtinchalik to‘xtatildi.

Qaror Zangiota, Qibray, Toshkent, Quyi Chirchiq, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq va Yangiyo‘l tumanlariga taalluqli.

Kiritilgan cheklovlar Prezident va hukumat qarori bilan namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi qishloq uylarini qurish bilan bog‘liq munosabatlarga tegishli emas.

Aholi punktlari ro‘yxati yuqorida keltirilgan havolada.

Опубликовано: admin (18-12-2017, 14:44)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют