» » Sirdaryolik fuqaro 216 gramm marixuanani qariyb 4 mln so‘mga sotayotgan paytda ushlandi  

Sirdaryolik fuqaro 216 gramm marixuanani qariyb 4 mln so‘mga sotayotgan paytda ushlandi  


15-dekabr kuni Javlon Imonqulov Xovos tumani hududida og‘irligi taxminan 2000 grammga teng bo‘lgan giyohvandlik moddasiga o‘xshash o‘simlikni L.I ismli shaxsga 3 500 000 so‘mga sotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan ushlangan. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sirdaryo viloyati IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, J.Imonqulov tomonidan L.I ismli shaxsga sotgan moddalar tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjud bo‘lib, marixuana deb atalishi va umumiy og‘irligi 216,7 grammga tengligi ko‘rsatilgan.

Xovos tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan J.Imonqulovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi (juda ko‘p miqdorda giyohvandlik moddasini o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Опубликовано: admin (18-12-2017, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют