» » Samarqand sudida inson o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchilarga nisbatan hukm o‘qildi

Samarqand sudida inson o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchilarga nisbatan hukm o‘qildi


12-dekabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi ochiq majlisida yo‘l-transport hodisalari oqibatida vafot etgan bir necha kishining o‘limida ayblanayotgan haydovchilar ishi ko‘rib chiqildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Samarqand shahrida yashovchi 72 yoshli fuqaro 1-oktabr kuni Registon ko‘chasidan Dahbet ko‘chasiga qayrilib, hech qanday sababsiz yo‘lning qarama-qarshi tomonida harakatlanib, belgilangan tezlikni oshirgan. Oqibatda haydovchi yo‘lni kesib o‘tayotgan ayolni urib yuborgan. Piyoda og‘ir jarohatlar olgani tufayli hayotdan ko‘z yumgan.

Ayblanuvchi sudda o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘ldi. Sud uni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi va 45-moddasida (Muayyan huquqdan mahrum etish) ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topdi.

Haydovchi ikki yil muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan hamda JKning 57-moddasiga (Yengilroq jazo tayinlash) muvofiq shartli ravishda uch yilga ozodlikdan mahrum etildi.

“Bog‘ibaland” mahallasiga qayrilayotganida katta tezlik bilan harakatlanib, piyodaning o‘limiga sabab bo‘lgan 1995-yilda tug‘ilgan haydovchiga nisbatan ham JKning yuqorida ko‘rsatilgan moddalari bilan ayblov e’lon qilindi. Sud uni bir yilga transport vositalarini boshqarish huquqidan va ikki yilga shartli ravishda ozodlikdan mahrum etdi. Shuningdek, unga ikki yil davomida oylik daromadining 20 foizini davlat hisobiga o‘tkazib turish majburiyati yuklandi.

Опубликовано: admin (18-12-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют