» » O‘zbekiston va Janubiy Koreya kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish yo‘lida hamkorlik qiladi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish yo‘lida hamkorlik qiladi


O‘zbekiston va Janubiy Koreya huquq-tartibot organlari kompyuter texnologiyasi va internet tarmog‘idagi jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi, deb xabar berdi UzDaily.

Janubiy Koreya bosh prokuraturasi qoshidagi raqamli ekspertiza milliy markazining raqamli ekspertiza divizioni delegatsiyasi O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi bilan muzokara o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mehmonlar O‘zbekiston IIVning bosh ekspertiza-kriminal markazining faoliyati, ekspertiza va tadqiqot turlari bilan tanishtirildi.

Ayni vaqtda IIVda bosh ekspertiza-kriminal markazining tarkibida kompyuter ekspertizasi bo‘limini tashkil etish bo‘yicha tashkiliy ishlar olib borilmoqda.

Janubiy Koreya delgatsiyasi divizionning yaratilish tarixi, uning xodimlari faoliyatining prinsiplari, ular oldiga qo‘yilgan vazifalar va rivojlanish istiqbollari haqida so‘zlab berdi.

Опубликовано: admin (18-12-2017, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 60) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют