» » Samarqandlik to‘rt nuroniy Hajga bepul bordi

Samarqandlik to‘rt nuroniy Hajga bepul bordi


2017-yilda Samarqand viloyatidan to‘rt nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Haj safarini bepul amalga oshirib qaytdi. Bu haqda “Nuroniy” jamg‘armasi Samarqand viloyati bo‘limining 2017-yilgi faoliyati sarhisobiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Jamg‘armaning viloyat bo‘limi raisi H.Normurodoving so‘zlariga ko‘ra, 460 nafar kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj otaxon va onaxonlarga jamg‘arma hisobidan 160 million so‘mlik kiyim-kechak, sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilgan.

Bundan tashqari, viloyatning barcha shahar va tumanlarida faxriylar uchun barcha sharoitga ega “Nuroniylar maskani” foydalanishga topshirildi.

1098 mahalla fuqarolar yig‘inida “Nuroniylar jamoatchilik kengashi” tuzilib, O‘zAning qayd etishicha, ularning “samarali faoliyati yo‘lga qo‘yilgan”.

Опубликовано: admin (18-12-2017, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют