» » Garajga sig‘magani uchun, 250 ming yevrolik Gelandewagen kabrioletga aylantirildi

Garajga sig‘magani uchun, 250 ming yevrolik Gelandewagen kabrioletga aylantirildi


Shvetsiyalik tog‘ chang‘ichisi Yon Olsson bundan bir oy avval 250 ming yevroga sotib olgan 800 ot kuchiga ega Mercedes-Benz G500 4x4 yo‘ltanlamasini kabrioletga aylantirishga qaror qildi. “Motor”ning yozishicha, bunga avtomobil o‘zining barcha qo‘shimcha qulayliklari va tomidagi yukxonasi bilan Monakodagi garajga sig‘magani sabab bo‘lgan.

Yo‘ltanlamasning tomi, o‘rta va orqa tirgaklari to‘liq, shuningdek, bagaj eshigining yuqori qismi kesib, olib tashlangan. Ollsonning so‘zlariga ko‘ra, noqulay ob-havo sharoitida harakatlanish uchun hozirda tomning “bir necha variantlari” ko‘rib chiqilmoqda, biroq hali yakuniy bir qarorga kelinmagan. Kabriolet 16-yanvar kuni to‘liq tayyor holga kelishi kerak.

Ollsonning tyuning qilingan Mercedes-Benz G500 4x4 yo‘ltanlamasining tomida “qandil” va yukxona, yukxonada esa zaxira g‘ildirak, yoqilg‘i bilan to‘ldirilgan kanistrlar hamda bolta va belkurak bor edi.

Ollson yozda 810 ot kuchiga ega Rolls-Royce Wraith kupesini, 2016-yil oktabrida esa 800 ot kuchiga ega Lamborghini Huracan’ni sotib olgan edi.

Опубликовано: admin (18-12-2017, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют