» » Mahalliychilik qilgani uchun javobgarlikka tortilgan toshkentliklar, Samarqandda o‘limga sababchi haydovchilarga berilgan “yengilroq jazo”, fikri uchun futboldan chetlatilgan Abramov va kunning boshqa muhim xabarlari

Mahalliychilik qilgani uchun javobgarlikka tortilgan toshkentliklar, Samarqandda o‘limga sababchi haydovchilarga berilgan “yengilroq jazo”, fikri uchun futboldan chetlatilgan Abramov va kunning boshqa muhim xabarlari


18-dekabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Xorazmda tug‘ilgan uch egizakka Shavkat, Miromon va Mirziyo ismlari berildi. Uch egizak 22-noyabr kuni dunyoga kelgan.

2. Samarqand sudida inson o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchilarga nisbatan hukm o‘qildi. Haydovchilar ma’lum muddatga haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgan va shartli ravishda ozodlikdan mahrum etilgan.

3. Toshkent viloyatining qator tumanlarida qurilish uchun yer maydoni ajratish to‘xtatildi. Qaror Zangiota, Qibray, Toshkent, Quyi Chirchiq, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq va Yangiyo‘l tumanlariga taalluqli.

4. Toshkentda mahalliychilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar javobgarlikka tortildi. Lexus ichida o‘tirgan ikki kishi viloyatlardan Toshkentga ishlash uchun kelgan ikki fuqaroga: “Bu yer toshkentliklarning joyi, biz bu yerda soliq to‘laymiz, sizlar kelgindilar”, deb aytgan.

5. Vadim Abramov e’tirozini OAV orqali bildirib, xato qilgan. Aybini tan olsa, O‘FF uni kechirishi mumkin. O‘FF hakamlardan keyin murabbiylarga yetib keldi va Vadim Abramovni futboldan noma’lum muddatga chetlatdi.

Опубликовано: admin (18-12-2017, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют