» » Bashar Asad: Suriyada terrorizmga qarshi kurash IShID yo‘q qilinishi bilan yakun topmaydi

Bashar Asad: Suriyada terrorizmga qarshi kurash IShID yo‘q qilinishi bilan yakun topmaydi


Suriyada terrorizmga qarshi kurash IShID yo‘q qilinishi bilan yakun topmaydi. Bu haqda mamlakat prezidenti Bashar Asad ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“Birgina IShID bilan terrorizm cheklanib qolmaydi, u faqat terrorizmning bir qismi. ‘An-Nusra’ va boshqa nomdagi terrorchi tashkilotlar bor ekan, demak, biz hali urushdamiz. Suriyada terrorizmga qarshi kurash, qaysi guruhga mansubligidan qat’iy nazar, oxirgi terrorchi qolgunicha davom etadi. Shundagina g‘alaba haqida gapirish mumkin”, — dedi Suriya prezidenti.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (18-12-2017, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют