» » Mikroto‘lqinli pechda 5 daqiqada tayyorlanadigan 2 xil keks

Mikroto‘lqinli pechda 5 daqiqada tayyorlanadigan 2 xil keks


Mikroto‘lqinli pechda ko‘p vaqt ham, kuch ham sarf qilmasdan har xil mazali kekslar tayyorlash mumkin.

Keksni tayyorlashda quyidagi muhim qoidalarga rioya qilishni unutmang:

Keksni pishirishda oddiy qog‘oz, likopcha, shisha yoki sopol formachalardan foydalansangiz ham bo‘ladi.

Xamir pechda nihoyat darajada ko‘tarilib ketadi. Agar u toshib ketishini xohlamasangiz, formaning uchdan ikki qismigacha to‘ldiring.

Pishgan keksni pechdan chiqarishingiz bilan u darrov pasayib qoladi, shuning uchun siz bunga tayyor bo‘lib turing.

Tayyor bo‘lish vaqti mikroto‘lqinli pechga bog‘liq. Ba’zan bir daqiqa deyilgan bo‘lsa ham, 30 soniyada tayyor bo‘ladi. Har ehtimolga qarshi keksning tayyor bo‘lganini gugurt cho‘pi bilan tez-tez tekshirib turing.

Masalliqlar

Tayyorlash

Un, kakao, yumshatgich, shakar va tuzni aralashtiring. Sut va o‘simlik yog‘ini qo‘shing va xamirni yaxshilab aralashtiring. Uni yog‘ surilgan katta krujkaga quying. O‘rtasiga shokolad pastasini joylashtiring.

Keksni mikroto‘lqinli pechda yuqori quvvatda 70 soniya davomida pishiring.

Masalliqlar

Keks uchun:

Krem uchun:

Tayyorlash

Yog‘ni mikroto‘lqinli pechga 20 soniyaga qo‘ying. Keyin uni asal, tuxum va vanil bilan aralashtiring. Shakar, un, yumshatgich va tuz qo‘shing, yaxshilab aralashtiring. Mikroto‘lqinli pechda 70–90 soniya pishiring.

1–2 daqiqa krem uchun olingan masalliqlarni sanchqi yordamida ko‘pirtiring. Sovigan asalli keksga kremni suring.

Manba: “Layfxaker”

Опубликовано: admin (18-12-2017, 23:59)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют