» » O‘ziga kelayotgan “Everton” Ellardays bilan to‘rt o‘yinda uchinchi g‘alabasiga erishdi

O‘ziga kelayotgan “Everton” Ellardays bilan to‘rt o‘yinda uchinchi g‘alabasiga erishdi


Angliya Premyer-Ligasida 18-tur bellashuvlariga to‘liq yakun yasaldi. Uch kun davom etgan turning so‘nggi o‘yini Liverpulda o‘tib, “Everton” Uelsning “Suonsi” klubini qabul qildi.

APLda so‘nggi o‘rinni band etib turgan “Suonsi” hisobda oldinga chiqib olganiga qaramay, yakunda g‘alabani saqlab qola olmadi. Bellashuvda Ueyn Runi 2 ta penaltini amalga oshirdi. Birida uning zarbasini darvozabon Lukash Fabyanski qaytargan bo‘lsa, ikkinchi gol bilan yakunlandi. Fabyanski qaytargan zarbadan keyingi hujum ham baribir gol bilan tugadi.

“Everton” ketma-ket besh turda 13 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi va turnir jadvalida 9-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Sem Ellardays tashrifidan keyin liverpulliklar shahar derbisida durang o‘ynadi va 3 ta bellashuvda zafar quchishni uddaladi.

Angliya Premyer-Ligasi

18-tur bellashuvi

18-dekabr, dushanba

Gollar: Leroy Fer, 35 (0:1). Dominik Kalvert-Levin, 47+ (1:1). Gilfi Sigurdsson, 64 (2:1). Ueyn Runi, 73-pen (3:1).

Noaniq penalti: Ueyn Runi, 47+ (E).

Опубликовано: admin (19-12-2017, 08:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют