» » Vashingtonda yo‘lovchi poyezdi ko‘prikdan quladi. 6 kishi halok bo‘ldi

Vashingtonda yo‘lovchi poyezdi ko‘prikdan quladi. 6 kishi halok bo‘ldi


AQShning Vashington shtatida 18-dekabr, dushanba kuni Amtrak kompaniyasi tezyurar poyezdi ko‘prikdan qulashi oqibatida kamida 6 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Avariya Takomu shahri janubidagi temiryo‘l tarmog‘ida ro‘y berdi. Sietldan Portlendga yo‘l olgan Cascades tezyurar poyezdining bir necha vagoni izdan chiqib ketdi va I-5 avtoshossesida ko‘prikdan quladi.

Poyezd temir yo‘l tarmog‘ining yangi qismida birinchi qatnovni amalga oshirayotgandi. Uning tezligi soatiga 128 kilometrga yetgani taxmin qilinmoqda. Tarkibda mashinisnlar bilan birga hisoblaganda 83 kishi bo‘lgan.

Vashington gubernatori Jey Insli shtatda favqulodda holat tartibini joriy etdi. Rasmiylar avariya oqibatida necha kishi halok bo‘lgani va jarohatlanganiga aniqlik kiritmoqda.

Опубликовано: admin (19-12-2017, 09:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют