» » Osiyoda yetakchi bo‘lib turgan O‘zbekiston bokschilari bilan inglizlardan keyin koreyaliklar mashg‘ulot o‘tkazishni istadi

Osiyoda yetakchi bo‘lib turgan O‘zbekiston bokschilari bilan inglizlardan keyin koreyaliklar mashg‘ulot o‘tkazishni istadi


Boks bo‘yicha Janubiy Koreya terma jamoasi poytaxt Toshkentga tashrif buyurdi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, 2017-yil yakunlariga ko‘ra Osiyoning eng yaxshi boks mamlakati deb topilgan O‘zbekiston sportchilari bilan mashg‘ulot o‘tkazish.

O‘zbekiston boks termasi ustozi To‘lqin Qilichevning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, ayni paytda har ikki mamlakat sportchilari Yangiobod o‘quv bazasida mashg‘ulot olib bormoqda. Professional boksda faoliyatini davom ettirishni istaganlardan Shahram G‘iyosov hamda Murod Ahmadaliyev yig‘inda ishtirok etmayapti. Bungacha Rio qahramonlaridan Fazliddin G‘oibnazarov hamda Rustam To‘laganov prof ringga o‘tib, AQShga jo‘nab ketgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, yaqin orada Bahodir Jalolov hamda Elnur Abduraimov ham terma jamoani tark etishi mumkin. Ular ham katta ehtimol bilan faoliyatini professional boksda davom ettiradi. Yaqindagina yakuniga yetgan O‘zbekiston chempionati g‘oliblari esa sekin-asta ularning o‘rnini egallaydi.

Hasanboy Do‘stmatov, Isroil Madrimov, Bektemir Meliqo‘ziyev, Sanjar Tursunov kabi Jahon Chempionati ishtirokchilari koreyalik bokschilar bilan birga mashg‘ulot olib bormoqda. Ayni paytda har ikki delegatsiya 2018-yil Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo O‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishi kerak.

Ma’lumot uchun. Janubiy Koreya boks terma jamoasi O‘zbekiston mustaqilligiga qadar Osiyoda katta obro‘ga ega bo‘lgan. Koreyaliklar o‘z tarixida 11 bor Osiyo Chempionatini umumjamoa hisobida peshqadam sifatida yakunlay olgan. Ikki bor ular qit’a chempionatida jami 8 ta oltin medalni qo‘lga kiritishga erishgan.

1994-yildan boshlab esa gegemonlik Qozog‘iston va O‘zbekiston qo‘liga o‘tdi. Rio—2016 Olimpiadasida qadar qozog‘istonlik sportchilarning natijasi nisbatan yaxshiroq bo‘lsa, Braziliyadagi Olimpiadadan keyin O‘zbekiston shohsupani o‘ziniki qilib oldi. 2017-yilgi Osiyo Chempionatida 9 ta oltin medalni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi bu borada qit’a rekordini o‘rnatdi.

Shu yil Gamburgda o‘tgan Jahon Chempionatida esa o‘zbekistonlik sportchilar Kubadan keyin ikkinchi bo‘la olgandi. Bu Osiyo mamlakatlari orasida birinchi natija hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, Janubiy Koreya delegatsiyasi aynan o‘zbekistonliklar bilan hamkorlikda ishlashni lozim deb topdi. Bungacha Angliya boks terma jamoasi o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari bilan sparing mashg‘ulotlar olib borgandi.

Опубликовано: admin (19-12-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют