» » Jizzaxda Prezident farmoniga muvofiq afv etilganlar uchun sayohat uyushtirildi

Jizzaxda Prezident farmoniga muvofiq afv etilganlar uchun sayohat uyushtirildi


Jizzax viloyatida Prezident farmoniga muvofiq afv etilgan 13 nafar turli diniy oqim va terrorchilik guruhlariga bilib-bilmay qo‘shilib qolgan fuqarolar uchun viloyat hokimligi tomonidan o‘ziga xos ekskursiya tashkil etildi. Bu haqda hokimlik rasmiy saytida xabar berildi.

“Inson hayotda ba’zan-bilib bilmay xato qiladi. Oqibatda o‘zi bilan birga oilasi, yaqinlarini ham aziyatga qo‘yadi. Ana shunday paytda adashganlarni kechira bilish, ularga to‘g‘ri yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish chinakam o‘zbekona fazilat. Aslida ham inson qilgan xatosini tushunib yetishi – asosiy maqsad”, — deyiladi xabarda.

Ekskursiyada Jizzax shahrining bugungi ko‘rkam qiyofasi ishtirokchilarning hayratini oshirgani rost. Xususan, Jizzax erkin iqtisodiy zonasida tadbirkorlikka berilayotgan e’tibor va bu yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati, ishchilarning mehnat sharoiti bilan ishtirokchilar yaqindan tanishtirildi.

— Payvandchilik bilan shug‘ullanar edim. Nima bo‘ldi-yu, to‘g‘ri yo‘ldan adashdim! Turli xil buzg‘unchi guruhlar domiga tushib, 2010-yilda 8 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum etildim, — deydi Jizzax shahri “Jizzaxlik” mahallasida yashovchi Otabek Jo‘rayev. — Yoshlik qilib, oqibatini o‘ylamasdan shu yo‘lga kirganimdan yurakdan pushaymon bo‘lganim uchun Prezidentimiz farmoni bilan afv etilib, oilam bag‘riga qaytdim. Yolg‘iz o‘g‘lim deya kutgan onajonimning bugun bag‘ri to‘ldi, sog‘ingan farzandlarim ota mehriga qondi. Buning uchun davlatimiz hamda Hurmatli Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevga ming bor tashakkur aytib, mamlakatimizning rivoji yo‘lida bor kuch-g‘ayratim bilan ishlashga va’da beraman.

— Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan afv etilgan yurtdoshlarimiz jamiyatning ajralmas bir bo‘lagi ekanligini his qilayotganlari, sodir etgan qilmishlariga astoydil pushaymon ekanliklari shubhasizdir. Zotan, shunday paytlarda Vatan, hurlik, oila degan oliy qadriyatlar yanada to‘laqonli anglab yetiladi, — deydi Jizzax viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari E.Ismatov.

Опубликовано: admin (19-12-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют