» » O‘zbekistonda Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi tashkil etiladi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi tashkil etiladi. Bu Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan. Hujjat matnini O‘zA e’lon qildi.

Prezident markazlashtirilgan manbalar mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, shu jumladan, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlari asosida amalga oshirish tartibini joriy etishni tasdiqladi.

Hujjatda quyidagilar belgilab qo‘yildi:

rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan, moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari belgilangan loyihalarni moliyalashtirish faqat Jamg‘arma orqali amalga oshiriladi;

Jamg‘arma mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi hisobvaraqlarda jamlanadi;

Jamg‘armaning ijro etuvchi organi va mablag‘larining tasarruf etuvchisi Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasi hisoblanadi;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi rahbari Jamg‘armaning ijro etuvchi direktori hisoblanadi;

Jamg‘armaning ijro etuvchi direktori va uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlari Jamg‘arma Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi.

Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilandi:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat byudjetdan tashqari jamg‘armalarning rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan mablag‘lari;

O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining rivojlanish davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘lari;

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati bilan jalb etiladigan chet el kreditlari;

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bilan belgilanadigan boshqa manbalar.

Rivojlanish davlat dasturlari tegishli rivojlanish konsepsiyasini hisobga olgan holda tasdiqlanadigan, uzoq muddatli istiqbolda, qoida tariqasida, 10-15 yilda O‘zbekiston Respublikasining tarmoq, hududiy va maqsadli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha kompleks ko‘rinishni va strategik vazifalarni jamlagan tarmoq, hududiy va maqsadli loyihalar portfeli asosida shakllantiriladi.

Rivojlanish davlat dasturlarini ishlab chiqish va realizatsiya qilish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi rahbarining boshchiligida amalga oshiriladi.

Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan nomarkazlashtirilgan investitsiyalar Jamg‘armada hisobga olinadi.

Rivojlanish davlat dasturlarini tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining ular bo‘yicha ijobiy xulosasi bo‘lgan hollardagina amalga oshiriladi.

Markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni rivojlanish davlat dasturlariga kiritish Jamg‘arma Kuzatuv kengashining ijobiy qarori bo‘lgan hollardagina amalga oshiriladi.

Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun tijorat banklarining kreditlari loyihalarning loyiha-smeta hujjatlari va biznes-rejalari puxta va har tomonlama o‘rganilgandan so‘ng, shuningdek, tijorat banki kredit qo‘mitasining ijobiy qarori mavjud bo‘lgan hollarda taqdim etiladi.

Опубликовано: admin (19-12-2017, 10:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют