» » Bitcoin.com asoschilaridan biri o‘zining barcha bitkoinlarini sotib yubordi

Bitcoin.com asoschilaridan biri o‘zining barcha bitkoinlarini sotib yubordi


Kriptovalyuta haqidagi eng taniqli profil saytlaridan biri — Bitcoin.com asoschilaridan biri va texnik direktori Emil Oldenburg yaqinda o‘zining bitkoindagi barcha jamg‘armalarini sotib yuborganini ma’lum qildi, deb yozadi TJournal. Uning so‘zlariga ko‘ra, bitkoin “qanchalik yaxshi bo‘lmasin, shunchalik befoyda”dir.

Shvetsiyalik tadbirkor (uch yildan buyon Tokioda yashaydi) unda qancha bitkoin bo‘lgani, ularni qanchaga sotganiga aniqlik kiritmadi. Shu bilan birga, u bitkoinlarni tanqid qilib, unga kiritiladigan sarmoyalarni “kiritish mumkin bo‘lgan eng riskli investitsiyalar” deb atadi.

Oldenburgning fikricha, bitkoinning asosiy muammolari — operatsiyalardagi katta komissiyalar va kechikishlar. “Odamlar bitkoin qanday ishlashini tushunganidan keyin uni sotishni boshlaydi”, — deya ishonch bildirdi u.

Oldenburg “riskli kriptovalyutadan viz kechish vaqti kelgani”ni va kriptovalyutaning 2017-yil avgustida paydo bo‘lgan Bitcoin Cash versiyasiga o‘tganini aytdi. U Bitcoin Cash’ni bitkoinning aksi va “kelajak” deb atadi.

Опубликовано: admin (19-12-2017, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют