» » O‘zbekiston musulmonlari idorasida “Ulug‘ insonlar ma’naviyati” kitobining taqdimoti o‘tkazildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasida “Ulug‘ insonlar ma’naviyati” kitobining taqdimoti o‘tkazildi


18-dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida sharqshunos olim, din va jamoat arbobi, diplomat Shamsiddinxon Boboxonov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlab nashr etilgan falsafa fanlari doktori, professor Saidmuxtor Saidqosimovning “Ulug‘ insonlar ma’naviyati” nomli kitobining taqdimot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda O‘zFA akademigi, filologiya fanlari doktori, professor Ne’matulloh Ibrohimov, Iqtisod fanlari doktori, professor Nurislom To‘xliyev va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Shuningdek, Shamsiddinxon Boboxonovning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan videolavha namoyish etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazining rahbar xodimlari, professor-o‘qituvchilar, sharqshunos olimlar, ulamolar, imom-xatiblar, Toshkent islom instituti va Toshkent islom universiteti talaba-yoshlari qatnashdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan “Ulug‘ insonlar ma’naviyati” nomli kitob muallifi, professor Saidmuxtor Saidqosimov Boboxonovlar sulolasining og‘ir va tahlikali davrlarda Islom dini himoyasi yo‘lida chekkan zahmatlari va o‘z navbatida shodu xursandchilik onlarini o‘zining mazkur kitobida sodda va xalqchil tilda ifoda etganini bayon qildi.

Professor Nurislom To‘xliyev asarda Shamsiddin Boboxonovning hayot yo‘li va mazmunli faoliyati bilan birga Boboxonovlar sulolasi, ular bilan zamondosh bo‘lgan davlat va jamoat arboblari, olim va yozuvchilar bilan bog‘liq hayotiy lavhalar ham o‘rin olgani to‘g‘risida tadbir ishtirokchilariga ma’lumot berdi.

Опубликовано: admin (19-12-2017, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 89) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют