» » BMT eksperti: AQShda Tramp siyosati tufayli kambag‘allar soni o‘smoqda

BMT eksperti: AQShda Tramp siyosati tufayli kambag‘allar soni o‘smoqda


BMTning haddan tashqari qashshoqlik masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Filip Olston AQShda 40 milliondan ortiq odam yoki mamlakatning har sakkizinchi fuqarosi qashshoqlikda kun ko‘rayotgani va bu raqam Amerika prezidenti Donald Tramp harakatlari tufayli o‘sishi mumkinligini ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

“Amerika orzusi shiddat bilan Amerika illyuziyasiga aylanmoqda. Bu hozirda AQShda kishilarning o‘z ijtimoiy maqomini oshirish imkoniyati dunyoning boshqa istalgan boy davlati bilan taqqoslaganda eng past darajada ekanligi tufayli yuz bermoqda”, — deydi Olston.

BMT ekspertining so‘zlariga qaraganda, AQSh dunyoning eng boy, eng kuchli va texnologik innovatsion mamlakatlaridan biri bo‘lishiga qaramasdan, mamlakatning na boyligi, na uning kuchi va na texnologiyalari qashshoqlik sharoitida kun kechirayotgan 40 million kishiga yordam ko‘rsatish uchun qo‘llanilmayapti.

Trampning siyosati tufayli mamlakatdagi qashshoqlik ko‘lami faqat oshib borishiga uning ishonchi komil. Jumladan, Olston fikricha, Oq uyning soliqqa tortish sohasidagi yangi yondashuvi eng kambag‘al amerikaliklarning 20 foizi uchun vayronkor oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Опубликовано: admin (19-12-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют