» » Buxoroda harbiy xizmatchilarga yangi xonadonlar kalitlari tantanali tarzda topshirildi (foto)

Buxoroda harbiy xizmatchilarga yangi xonadonlar kalitlari tantanali tarzda topshirildi (foto)


Buxoro shahridagi Ahmad Donish mahallasida yangi bunyod etilgan ikkita uch qavatdan iborat 36 ta xonadonlarning kalitlari harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga tantanali tarzda topshirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, polkovnik Rustam Xalilov, Buxoro shahar hokimi Karim Kamolov hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

O‘ktam Barnoyev yangi turar joy xonadonlariga sazovor bo‘lgan harbiy xizmatchilarni yaqinlashib kelayotgan Yangi yil va Vatan himoyachilari kuni bayrami bilan tabrikladi.

Tadbirda viloyat madaniyat uyi xonandalari ishtirokida konsert dasturi ham namoyish etildi.

Опубликовано: admin (19-12-2017, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют