» » Afg‘onistonning O‘zbekiston bilan chegaradosh hududida 1000 dan ziyod qadimiy aholi manzilgohlari topildi

Afg‘onistonning O‘zbekiston bilan chegaradosh hududida 1000 dan ziyod qadimiy aholi manzilgohlari topildi


Olimlar Afg‘onistonning O‘zbekiston bilan chegaradosh Balx vodiysida ko‘plab aholi manzilgohlarini ham topgan. Qo‘nalg‘alarning eng qadimiysi qariyb ming yil avval paydo bo‘lgan, deb xabar beradi O‘zA.

Science jurnalining ma’lum qilishicha, shu paytga qadar bu yerda atigi 77 ta ana shunday manzilgoh topilgan bo‘lib, sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasvirlar ularning soni mingdan ziyod ekanini ko‘rsatdi.

Arxeologlar hududni o‘rganishda ayg‘oqchi sun’iy yo‘ldosh hamda harbiy dronlardan foydalangan.

Tadqiqotchilar Afg‘oniston hududidan fanga avval ma’lum bo‘lmagan, lekin insoniyat tamaddunida katta ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘plab joylarni aniqlagan. Xususan, XVI-XVII asrlarda bunyod etilgan 119 ta karvonsaroy Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab safar qilgan savdogarlarga boshpana vazifasini o‘tagan. Karvonsaroylar bir-biridan qariyb 20 kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lib, bu o‘sha paytlarda karvonlarning bir kunlik bosib o‘tgan masofasi bilan teng.

Tadqiqotlar, shuningdek, Sistan va G‘ilmon viloyatlari hududidagi qadimiy aholi manzillarida irrigatsiya tarmoqlariga katta e’tibor qaratilganini ko‘rsatdi. Bu yerda barpo etilgan kanallar tarmog‘idan olimlarning fikricha, yerlarni sug‘orishda keng foydalanilgan.

Опубликовано: admin (19-12-2017, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют