» » Qashqadaryoda Abu Mu’in an-Nasafiy asarlari bilimdoni tanlovi bo‘lib o‘tdi

Qashqadaryoda Abu Mu’in an-Nasafiy asarlari bilimdoni tanlovi bo‘lib o‘tdi


16-dekabr kuni “Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus islom bilim yurtida “Abu Mu’in an-Nasafiy asarlari bilimdoni” tanlovi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qashqadaryo viloyat vakilligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirda bilim yurti o‘qituvchilari va talaba yoshlari, Kitob tumanidagi akademik litsey o‘quvchilari va mehmonlar ishtirok etdi.

Bilim yurti talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bellashuvda ishtirokchilar Abul Mu’in an-Nasafiy hayoti va uning asarlarida keltirilgan aqida borasidagi fikr-mulohazalar, o‘sha davrda paydo bo‘lgan oqim va firqalarga qarshi berilgan qat’iy dalillar to‘g‘risidagi o‘z bilimlari va ko‘nikmalarini namoyish qildi.

Bellashuv natijasiga ko‘ra, 3-bosqich talabasi Atavullayev Ahmadxon birinchi o‘rin, 4-bosqich talabasi Qosimov Abdulvaisxon ikkinchi o‘rin va 4-bosqich talabasi Xolmurodov Hamidulloh uchinchi o‘ringa munosib deb topildi. G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Опубликовано: admin (19-12-2017, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют