» » Turkiyada Yevroosiyo islom kengashi fatvo assambleyasining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Turkiyada Yevroosiyo islom kengashi fatvo assambleyasining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


Turkiyaning Istanbul shahrida 16—17-dekabr kunlari Yevroosiyo islom kengashi fatvo assambleyasining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yig‘ilish kun tartibida kengashda ishtirok etayotgan davlatlardagi diniy idoralar qoshidagi fatvo bo‘limlarining faoliyat usuli muhokama qilindi.

Shuningdek, tibbiyotga taalluqli zamonaviy fatvolar (sun’iy urug‘lantirish va homilaga taalluqli masalalar misolida) masalalari ko‘rildi.

Yevropa, Rossiya va Markaziy Osiyodan jami qirqtaga yaqin davlat vakillari ishtirok etgan ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo bo‘limi mudiri Homidjon Ishmatbekov ham qatnashdi. Yig‘ilishda Homidjon Ishmatbekov so‘zga chiqib, O‘MI va fatvo bo‘limi faoliyati haqida so‘zlab berdi.

Опубликовано: admin (19-12-2017, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют