» » 20-dekabr kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi

20-dekabr kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi


20-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Kechasi 0—2 daraja sovuq, kunduzi 3—5 daraja iliq bo‘ladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tog‘li hududlarda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida kechasi 15—20, Ustyurt bo‘ylab esa 20—24 darajagacha, kunduzi 5—10 daraja sovuq bo‘ladi.

Xorazm viloyatida kechasi 10—15 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi 2—7 daraja sovuq, kunduzi 3—8 daraja iliq, cho‘l hududlari bo‘ylab esa kechasi 8—13, kunduzi 0—5 daraja sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 3—8 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kechasi 1 daraja sovuq, 4 daraja iliq, kunduzi 10—15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 2—7 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida kechasi 3—8 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.

Опубликовано: admin (19-12-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют