» » Mudofaa vazirligi Toshkentda ilk marta yoshlarning harbiy-vatanparvarlik aksiyasini o‘tkazadi

Mudofaa vazirligi Toshkentda ilk marta yoshlarning harbiy-vatanparvarlik aksiyasini o‘tkazadi


Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlar tashkil topganining 26 yilligiga bag‘ishlab 20-dekabr kuni soat 12:00 da poytaxtning “Bunyodkor” stadioni oldidagi maydonda “Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir!” shiori ostida ilk bor yoshlarning harbiy-vatanparvarlik aksiyasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mudofaa vazirligi tomonidan tashkil etiladigan mazkur aksiyada mamlakat aholisi, ayniqsa yoshlar uchun zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika ko‘rgazmasi, harbiy ta’minot masalalari, shuningdek harbiy orkestr va estrada xonandalarining konsert dasturi, harbiy xizmatchilarning qurol bilan saf hamda qo‘l jangi elementlari chiqishlari hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti o‘quv-sport texnika klublarining texnik vositalari namoyish etiladi.

Опубликовано: admin (19-12-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют