» » Rossiya Tojikistonga 100 million dollarlik tank va vertolyotlarni bepul taqdim etdi

Rossiya Tojikistonga 100 million dollarlik tank va vertolyotlarni bepul taqdim etdi


Rossiya Tojikistonga 122 million dollarlik harbiy texnikani bepul taqdim etdi, deb xabar qiladi “TASS”.

“Topshirilgan qurol-yarog‘ va harbiy texnika Tojikiston qurolli kuchlarining terrorchilik hujumlarini bartaraf etishdagi imkoniyatlarini kengaytirishga va tojik—afg‘on chegarasida mustahkam to‘siq yaratishga yordam beradi”, — dedi Mudofaa vazirligining xalqaro harbiy hamkorlik bo‘yicha bosh boshqarmasi rahbari Aleksandr Kshimovskiy.

Tojik harbiylari uchta “T-72B1” tankini, to‘qqizta “BTR-80”, “BTR-70” va “BMP-2” mashinasini, uchta “D-30” gaubitsasini va uchta “23M1” zenit qurilmasini qabul qilib oldi. Shuningdek, mamlakatga “Mi-23” va “Mi-8” vertolyotlari, tibbiyot va topografik anjomlar, zirhli texnikaga ehtiyot qismlar, aloqa vostialari va boshqa mayda qurollar topshirildi.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, Sobiq ittifoqqa a’zo davlatlar orasida 2011-yildan buyon Qirg‘iziston, Armaniston va Tojikiston salmoqli yordam olgan.

Qirg‘iziston 2015-yilda Rossiya—Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasiga ajratilgan mablag‘lar bilan birga 322,8 million dollar, 2011—2015-yillar davomida esa 653 million dollar olgan. Armanistonda esa ushbu ko‘rsatkich 2015-yilda  — 37,4 million dollarga, 2011-2015-yillarda — 57,3 million dollarga teng. Tojikiston uchun ushbu mablag‘lar tegishli ravishda 21,8 million dollarni va 79,5 million dollarni tashkil etadi.

Опубликовано: admin (19-12-2017, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют