» » Buxoroda 15 bosh qo‘yni o‘g‘irlagan shaxslar 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin

Buxoroda 15 bosh qo‘yni o‘g‘irlagan shaxslar 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin


Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani Jovgari qishlog‘ida yashovchi Nurali Tilavov tuman ichki ishlar boshqarmasiga ariza bilan murojaat qildi, deb xabar beradi viloyat IIB matbuot xizmati.

Fuqaro o‘z murojaatida 25-noyabr kuniga o‘tar kechasi soat 01:00 larda noma’lum shaxslar uning Ko‘kcha MFYda joylashgan qarovsiz qoldirilgan qo‘rasidan jami bahosi 4 500 000 so‘mlik 15 bosh qo‘yini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganini ma’lum qilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni Navoiy viloyati, Karmana tumani, Do‘stlik MFYda yashovchi 1990-yilda tug‘ilgan Zokir Navro‘zov va uning jinoiy sheriklari 1968-yilda tug‘ilgan Muhabbat Navro‘zova, 1984-yilda tug‘ilgan Zavqiddin Nurov, 1987-yilda tug‘ilgan Gulshan Hamroyeva hamda 1980-yilda tug‘ilgan Jahongir To‘xsonovlar tomonidan sodir etilgani aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan Z.Navro‘zov, M.Navro‘zova, J.To‘xsonov, Z.Nurov va G.Hamroyevalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Опубликовано: admin (19-12-2017, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют