» » Namanganda “Yoshlar yangi yil karnavali” boshlandi

Namanganda “Yoshlar yangi yil karnavali” boshlandi


Namangan viloyat IIB tashabbusi bilan viloyat hokimligi hamda Yoshlar ittifoqi hamkorligida “Yoshlar yangi yil karnavali”ga start berildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Yoshlar — kelajak bunyodkori” shiori ostida o‘tkazilayotgan mazkur karnaval yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida jinoyatchilik va suiqasd kabi salbiy illatlar oldini olish, milliy an’analar va madaniyatga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish kabi qator maqsad va vazifalarni o‘z ichiga olgan. 

Karnaval doirasida 3 ta tanlov va 4 ta loyiha amalga oshiriladi. Loyiha ishtirokchilariga maxsus avtobuslar biriktirilgan bo‘lib ularning har biri “Biz jinoyatchilikka qarshimiz”, “O‘z bolangni o‘zing asra”, “Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz”, “Biz odam savdosiga qarshimiz” kabi o‘z shioriga ega.

Kosonsoy, To‘raqo‘rg‘on va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida boshlangan karnavalning “Birlashamiz vatan ravnaqi sari” shiori ostidagi yangi yil fleshmoblari va Namangan san’at kolleji qoshidagi simfonik orkestr konsert dasturi tuman yoshlari tomonidan iliq kutib olindi.

Karnaval viloyat miqyosida barcha tumanlarda davom ettirilib, final bosqichi Namangan shahrida yakunlanadi.

Опубликовано: admin (19-12-2017, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют