» » O‘zbekiston musulmonlari idorasida ulamolar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasida ulamolar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston musulmonlari idorasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda o‘tayotgan yil davomida diniy sohada amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar tanqidiy va tahliliy ko‘rib chiqildi, deb xabar beradi idora matbuot xizmati.

Tadbirda muftiy Usmonxon Alimov so‘zga chiqib, Prezident Shavkat Mirziyoyevning diniy-ma’rifiy savodxonlikni oshirish, Islom dinining ezgu ta’limotlarini targ‘ib etish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish yo‘lidagi tashabbuslari haqida gapirdi.

Shuningdek, yakuniga yetayotgan yil mo‘min-musulmonlar uchun quvonarli bo‘lgani, jumladan, yangi masjid-madrasalar ochilgani, ilmiy markazlar tashkil etilgani, diniy ta’lim muassasalariga talabalarning qabul kvotasi oshirilgani va boshqa muhim ishlar haqida ma’lumotlarni yig‘ilganlarga taqdim etdi.

Usmonxon Alimov hozirgi davr juda tez rivojlanayotgani, eskicha ishlashni zamon ko‘tarmasligi hamda ishga bo‘lgan munosabatni tubdan o‘zgartirish zarurligini ta’kidladi.

Yig‘ilishda ulamolar kengashi vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Опубликовано: admin (19-12-2017, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют