» » Toshkent shahrida “Suv, ta’lim va hamkorlik” loyihasi doirasidagi seminar o‘z ishini boshladi

Toshkent shahrida “Suv, ta’lim va hamkorlik” loyihasi doirasidagi seminar o‘z ishini boshladi


Toshkent shahrida xalqaro suv huquqining asosiy tamoyillari va transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish masalalari bo‘yicha seminar o‘z ishini boshladi. Bu haqda “Daryo”ga tadbir tashkilotchilari ma’lum qildi. 

Tadbir AQSh xalqaro taraqiyot agentligi (USAID), Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining hamkorlikdagi “Suv, ta’lim va hamkorlik” (Smart Waters) loyihasi doirasida tashkil etildi. Oldinroq bunday seminarlar Tojikiston va Turkmanistonda bo‘lib o‘tgandi. 

Ikki kunlik seminarda xalqaro suv huquqi masalalari bo‘yicha taniqli ekspert, Dandi universiteti (Buyuk Britaniya) professori Sergey Vinogradov asosiy ma’ruzachi sifatida ishtirok etmoqda. 

Seminar davomida global suv konvensiyalari va ularning Orol dengizi havzasida qo‘llanishi, transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish borasidagi majburiyatlar va ma’lumot almashish mexanizmlari, suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanishning dolzarb masalalari muhokama etilishi ko‘zda tutilgan.

Опубликовано: admin (19-12-2017, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 89) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют