» » Shavkat Mirziyoyev Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi prezidentini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi prezidentini qabul qildi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-dekabr kuni O‘zbekistonga tashrif buyurgan Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) prezidenti Serdar Chamni qabul qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zbekiston Prezidenti mehmonni samimiy qutlar ekan, joriy yilning 25—26-oktyabr kunlari Turkiyaga amalga oshirilgan davlat tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni strategik hamkorlik darajasiga olib chiqqanini mamnuniyat bilan ta’kidladi.

Turkiyalik hamkorlar bilan birgalikda savdo, sanoat, investitsiya, transport, turizm, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa sohalarda istiqbolli dastur va loyihalar amalga oshirilayotgani ijobiy baholandi.

Uchrashuvda TIKAning O‘zbekistondagi aoliyatini yanada kengaytirish va yangi bosqichga olib chiqish muhimligi qayd etildi.

O‘zbekistonda agentlik tomonidan shu kungacha 23,6 million dollar miqdoridagi 700 ga yaqin grant loyihalari amalga oshirilgan.

Suhbatda ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab olish, bu borada TIKAning O‘zbekistondagi faoliyatini aniq loyihalar asosida va tizimli ravishda rivojlantirish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Bu borada “yo‘l xaritasi”ni qisqa muddatda ishlab chiqib, uni amalga oshirishga kirishish muhimligi, shu munosabat bilan, iqtisodiy, madaniy, ta’lim, sog‘liqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, turizm va ijtimoiy ahamiyatga molik boshqa qator sohalarda amalga oshirilayotgan loyiha va dasturlar hajmini bir necha barobar ko‘paytirish bo‘yicha kelishib olindi.

TIKA rahbari Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on hamda ushbu mamlakat bosh vaziri Binali Yildirimning ezgu tilaklarini yetkazdi.

Serdar Cham O‘zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini, bu yo‘lda bor kuch-g‘ayratini safarbar etgan holda, ularni hayotga o‘z vaqtida va samarali tatbiq etishga Turkiya tomoni tayyor ekanini bildirdi.

Опубликовано: admin (19-12-2017, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют