» » Respublika onkologiya tibbiyot markazining Navoiy filialida yana uchta bo‘lim ish boshladi

Respublika onkologiya tibbiyot markazining Navoiy filialida yana uchta bo‘lim ish boshladi


Navoiyda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi viloyat filialida bolalar xirurgiyasi va kimyoterapiya, onkomammologiya, onkoginekologiya bo‘limlari ochildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Muassasada xavfli o‘sma kasalliklarining oldini olish, o‘z vaqtida aniqlash, ayollar va bolalarda uchraydigan bu turdagi kasalliklarni davolashga xizmat qiladigan yangi bo‘limlar faoliyat ko‘rsatadi.

“Tibbiy muassasamiz shifokorlari xavfli o‘sma kasalliklarini erta aniqlash, avvalo, uning profilaktikasi, o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatish borasida yetarlicha tajriba to‘plagan, — dedi onkomammologiya bo‘limi mudiri K. Hasanov. — O‘zim 2013-yilda Turkiyaning Anqara shahrida onkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ayollar ko‘krak bezida uchraydigan saraton kasalligini davolash bo‘yicha 2 yil malaka oshirib qaytdim”.

Yetmish o‘rinli tibbiyot maskanining yangi bo‘limlari 30 qatnovga mo‘ljallangan.

Опубликовано: admin (19-12-2017, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют